Asos solinishi:
Qadim Buxoro Madrasalarining manhajini, talim uslubini va darslarini qaytadan jonlantirish va ajdodlarimizga munosib avlodlarni yetishtirish maqsadida Dorululm madrasasiga 2014-yil Sentabr Oyida asos solindi
Bizning ta’lim dargohimizning boshqa ta’lim dargohlaridan farqi shundaki biz faqat islomiy bilimlarni berish bilan kifoyalanmaymiz, balki talabalarimizga xorijiy tillarni, zamonaviy fanlarni va zamonaviy kasblarni ham o’qitamiz. Talabalar ilm dargohimizda asosiy ilmlar, Tafsir ilmi, hadis ilmi, Fikh ilmi, aqida ilmi va unga yordamchi bo’lgan arab tili, mantiq, falsafa va boshqa ilmlarini o’rganishadi va bundan tashqari talabaning salohiyatidan kelib chiqib iqtisod, biznes boshqaruv yoki halqoro munosabatlar kabi zamonaviy yo’nalishda ham oliy ta’lim olishlari va oliy ta’lim diplomiga ega bo’lishlari bizda talab qilinadi. Toki vatanga qaytganlarida halqimizga, dinimizga yana ham foydali, zamonini tushina oladigan kuchli mutahasis bolishlarini istaymiz.
Maqsadi:
Maqsadimiz Allohning roziligi va Allohning roziligi yo’lida halqiga holis hizmat qiladigan zomanamizning talablariga javob bera oladigan olimlarni yetishtirishdir.
Kimlar tomonidan asos solingan:
Dorululm madrasasi, Shayx Muhammad Taqiy Usmoniy, Shayx Arshad Al Madaniy, Shayx Muhammad Avvoma kabi ulug’ ustozlarimizning tashviqotlari va ularning ta’limotlari asosida tashkil topgandir.
Asos solinishi:
Qadim Buxoro Madrasalarining manhajini, talim uslubini va darslarini qaytadan jonlantirish va ajdodlarimizga munosib avlodlarni yetishtirish maqsadida Dorululm madrasasiga 2014-yil Sentabr Oyida asos solindi.
Bizning ta’lim dargohimizning boshqa ta’lim dargohlaridan farqi shundaki biz faqat islomiy bilimlarni berish bilan kifoyalanmaymiz, balki talabalarimizga xorijiy tillarni, zamonaviy fanlarni va zamonaviy kasblarni ham o’qitamiz. Talabalar ilm dargohimizda asosiy ilmlar, Tafsir ilmi, hadis ilmi, Fikh ilmi, aqida ilmi va unga yordamchi bo’lgan arab tili, mantiq, falsafa va boshqa ilmlarini o’rganishadi va bundan tashqari talabaning salohiyatidan kelib chiqib iqtisod, biznes boshqaruv yoki halqoro munosabatlar kabi zamonaviy yo’nalishda ham oliy ta’lim olishlari va oliy ta’lim diplomiga ega bo’lishlari bizda talab qilinadi. Toki vatanga qaytganlarida halqimizga, dinimizga yana ham foydali, zamonini tushina oladigan kuchli mutahasis bolishlarini istaymiz.
Dorululum Manhaji
Dorululmning asosiy manhajida qadimiy Buxoro uslubi turadi. Manashu manhajni o’zimizga poydevor qilib olganmiz. Bu manhajning asosiy xulosasini va kitoblarini 4 yil davomida o’qitish dasturini tuzib chiqganmiz. Ustozlarimiz Turkiyaga Misrdan, Urdundan, Suriydan, Marokashdan va boshqa arab diyorlaridan kelgan hanafiy, ahli sunna va jamoa yo’lida bolgan, doktorlik, professorlik unvoniga ega va universitetlarda, jomiyalarda va oliy ta’lim dargohlarida talim berib kelayotgan ulamolardir. Tolibi ilm o’qishni tugatib diyorimizga qaytganda g’oyoki ozimizni vatanda o’qigandek bo’ladi.